YERDAN FOYDALANISH TAHLILI

YERDAN FOYDALANISH TAHLILI — yerga egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilarning faoliyatini baholashda qishloq xo’jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi bo’lgan yerdan foydalanish samaradorligini o’rganish. Yerdan foydalanish tahlili qishloq xo’jaligi yerlari maydoni va tarkibiy o’zgarishlar, hududni tashkil etish va almashlab ekishii o’zlashtirish holati, yer sifatini yaxshilash rejasining bajarilishi, xo’jalikda yerdan foydalanish samaradorligi; o’zlashtiriladigan yerlar miqdori va kapital xarajatlar; yerdan foydalanish darajasiga ta’sir etuvchi omillar (tuproqning tabiiy unumdorligi, joyning iklim sharoitlari, suv resurslarining miqdori va boshqalar) singari masalalarni o’z ichiga oladi. Yerdan foydalanish tahlilida xo’jalik yer kadastri kitobi, statistik hisobotlar, yillik hisobotlar, uchastkalar bo’yicha maydon hisoblash qaydnomalari, yerdan foydalanish tarhi (chizmada) va buxgalteriya hisobot materiallari asosiy manbalar hisoblanadi. Yer sifat o’zgarishlarini tahlil qilish va yerdan foydalanish darajasini aniqlash uchun: a) jami yer maydonida qishloq xo’jalik yerlarining umumiy salmog’i; b) umumiy haydaladigan er maydonida sug’oriladigan yorlar salmog’i; v) haydalma yerlardan ekin ekib foydalanish darajasi; g) haydalma yerlarning shudgorlik darajasi ko’rsatkichlari o’rganiladi. Yerdan foydalanish tahlili materiallari yer tuzish loyihasini ishlab chiqishda asosiy manba bo’lib xizmat qiladi. Bunda tahlil loyihada qamrab olingan barcha maydon bo’yicha o’tkaziladi (xo’jalik, bir guruh xo’jaliklar, tuman, viloyat, mamlakat). Yerdan foydalanishni miqdor jihatidan baholovchi maxsus qaydnoma (hisobot) ma’muriy birliklar doirasida har yili 1 yanvargacha bo’lgan ma’lumot asosida hamda 5 yilda bir marta umumlashtirib tuziladi. Qishloq xo’jaligining samaradorligiga ta’sir etuvchi tabiiy va ijtimoiy omillarni e’tiborga olgan holda tuproq bonitirovkasi yoki yerning iqtisodiy bahosini bilmay turib yerdan foydalanish darajasini to’g’ri aniqlash mumkin emas. Xo’jaliklarda Yerdan foydalanish tahlili biriktirilgan yerlarning sifatini (tabiiy unumdorligini) hisobga olish (yerning iqtisodiy bahosi bo’lsa yanada maqbul) katta ahamiyatga ega. Bunda xo’jalikdagi o’rtacha tuproq bali (Bi)ra nisbatan 1 gektar (100 gektar) uchun erning tabiiy unumdorligidan to’la va to’g’ri foydalanish samaradorlik omillaridan biri. Yerdan foydalanish darajasining asosiy ko’rsatkichlaridan biri bo’lgan mahsulot tannarxini erning sifati asosida taxlil qilishda (eng arzon tannarx etalon qilib olinadi) quyidagi formuladan foydalaniladi: S=S,-TS(B-B,), bunda, S, — ko’rilayotgan xo’jalikda 1 tsentner mahsulot tannarxi (ts/so’m); Ts — etalon uchun olingan xo’jalikda 1 ballga to’g’ri keladigan narx (so’m); B — etalon uchun olingan xo’jalik bali (ball); B, — ko’rilayotgan xo’jalik yer bali. Qosimjon Rahmonov.