Yigitlari uyatchan, qizlari jasoratli, tabiati beg’ubor Yaponiya
Yaponiya ko‘p asrlik tarixga ega, yil fasllari kabi tezkor ravishda o‘zgarib borayotgan diyor. Bu yerda ming yillik an’analar bilan birga super zamonaviy texnologiyalar va turli madaniyatlarning fantastik qorishmasi ko‘zga tashlanadi. Aslida, yaponlar yetarlicha konservativ bo‘ladilar. Ular o‘zlarida kamgap, sodda va mehnatkash odam timsolini aks ettirishadi.
Yaponlar ularning tillarida ikki og‘iz bo‘lsa-da so‘zlashni biladigan odamlarni juda ham xurmat qilishadi. Ularning aytishlaricha, yapon tilini o‘rganish juda qiyin ish, shu sababli uni o‘rgangan odamni olqishlash zarur.
Yapon tilidagi eng qattiq koyish so‘zlari bizning tilimizdagi «ahmoq», «tentak» so‘zlari ma’nosiga mos keladi.
Yaponiyaliklar «ahmoq» so‘zini»baka» (aniq tarjimasi – ahmoq odam), horijlik odamni»Gaydzin» (aniq tarjimasi – begona), amerikaliklarni esa «Baka-gaydzin» deb ataydilar.
Yaponiyalik odamlar ovqat haqida gapirishni yaxshi ko‘radilar, ular o‘zlari tanovul qilayotgan taomlarini muntazam ravishda muhokama qilib, tamaddi vaqti ham ovqatning mazali ekanligini bir necha bor takrorlashadi. Ushbu so‘zni aytmasdan uni yeyish esa madaniyatsizlik belgisi sanalar ekan.
Yaponiyada delfin go‘shti tansiq taom sanaladi. Undan turli sho‘rvalar, yaponcha kusiyaki (salkam shashlik) tayyorlashadi, hattoki xom ko‘rinishda ham iste’mol qilishadi. Delfinning go‘shti juda shirin bo‘lib, baliq go‘shti mazasidan keskin farq qilar ekan.
Bu o‘lkada to‘g‘ri ovaqatlanish tartibiga juda katta e’tibor qaratadilar. Haqiqatan ham, yapon qizlari orasida semizlari juda kam.
Dunyodagi eng sekin MakDonalds aynan Yaponiyada joylashgan.
Yaponiyadagi restoranlarning hech birida choy-chaqa degan gap yo‘q. Yaponlar mijoz xizmat haqini to‘lagani uchun ham uni sotuvchi darajasiga taqqoslaydilar.
Yapon odamlari juda ham vijdonli bo‘ladi. Bordiyu metroda hamyoningizni tushirib qoldirsangiz, uni topilmalar bo‘limiga tashlab ketishlari ehtimoli 90% ga teng.
Yaponiyalik politsiya xodimlari shunchalar haqqoniyki, ular uchun pora tushunchasi butunlay begona. Ayrim holatlarda esa arzimagan qonunbuzarliklar uchun biroz urushib qo‘ygancha (nari borsa»tentak» deya koyib) qo‘yib yuborishlari ham mumkin.
Tokio dunyodagi eng xavfsiz megapolis ekanligini bilasizmi? Bu yerdagi 6 yoshlik bolalar jamoat transportlarida mustaqil ravishda harakatlana oladilar.
Yaponiyalik yigitlar juda uyatchan bo‘lib, ular uchun «Men seni sevaman» deya dil izhori qilish juda katta jasoratdir. Shu sababli bu yerda ko‘p holatlarda yigitlarga nisbatan qizlar birinchi bo‘lib sevgi izxor qilishadi.
Mamlakatdagi har uchinchi to‘y – sovchilar tomonidan uyushtiriladi.
Yaponlarni mehmondo‘st halq sifatida e’tirof etish qiyin. Ular kamdan-kam hollardagina uylariga mehmon chaqirishlari mumkin.
Yaponlar haddan tashqari mehnatsevar halqdirlar. Ular 15-18 soat tinimsiz holatda ishlashlari ham mumkin ekan.
Ish joyiga o‘z vaqtida kelish – kechirilmas ayb sanaladi. Xodim o‘z ish joyida belgilangan vaqtdan yarim soat avval xozir bo‘lib turishi kerak.
Yapon tilidagi «karoshi» degan atama mavjud. Bu «haddan ko‘p ishlash oqibatida vafot etish» degan ma’noni bildiradi. Aynan shu sabab bilan o‘lkada yiliga 10000 nafar odam o‘lim topadi.
Yaponiyaning shimoliy shaharlaridagi barcha yo‘laklarda qizdirish tizimi bor, shu sababli qish faslida yo‘laklar muzlab qolmaydi.
Yaponiyaning ko‘chalarida soyabonlar solingan tuvaklarni ko‘rishingiz mumkin. Agar yomg‘ir yog‘ib qolsa ulardan biri olgancha foydalanishingiz va ishlatib bo‘lgach, yaqin atrofdagi ana shunday tuvaklarning biriga solib qo‘yishingiz mumkin.
Yaponiya tarkibida 6800 ta orol mavjud bo‘lib,ulardan eng kattalari – Xokkaydo, Xonsyu, Sikoku va Kyusyu sanaladi.
Mamlakatda 100 yoshdan olgan 50 000 nafar odam yashaydi. O‘lkadagi umr davomiyligi ko‘rsatkichi dunyodagi birinchi o‘rinda v a83,7 yoshga teng keladi.
Mazkur mamlakat poyezdlari o‘zining aniqligi bilan kishini hayratga qoldiradi. Ularning kechikishi yoki ertaroq kelishi belgilangan vaqtdan uzog‘i bilan 18 soniyagacha farq qilishi mumkin.
Yaponiyada har yili 1,5 mingga yaqin zilzilalar bo‘lib o‘tadi. Mamlakat tarixidagi eng halokatli yer qimirlashi 2011 yilning mart oyida sodir bo‘lgan. Oqibatda sunami yuzaga kelgan va 15 869 nafar insonning o‘limga duchor qilgan.
Yaponiyadagi uy jonivorlari soni o‘lkadagi bolalar soniga nisbatan ko‘ra ko‘proq.
Yaponiyadagi mobil telefonlarning 90% i suvga nisbatan chidamlidir. Shu sababli undan hovuz va basseynlarda ham qo‘rqmay foydalanaverishadi.
Yaponiyada to‘rtburchak shakldagi tarvuzlar sotiladi. Bu kabi shakl ularni tahlash paytida rosa qo‘l keladi.
Yevropa mustamlakasi bo‘lmagan dunyodagi to‘rt nafar zamonaviy mamlakat – Koreya,Tailand, Liberiya va … Yaponiya sanaladi.