Yil

Yil – Yerning Quyosh atrofida bir marta to`liq aylanib chiqish davriga taxminan teng bo`lgan vaqt. Astronomiyada to`rt xil yil hisobi bor: 1) Yulduz yili. Bu yil Quyoshning osmon sferasida yulduzlarga nisbatan bir marta ko`rinma aylanib chiqishi uchun ketgan vaqtga, ya’ni 365, 2564 o`rtacha quyosh sutkasiga teng; 2) Tropik yil. Bu yil Quyosh markazining bahorgi tun-kun tengligi nuqtasidan ketma-ket ikki marta o`tishi oralig`idagi vaqtga, o`rta hisobda 365, 2422 sutkaga teng; 3) Kalendar yil. Grigoriy kalendari bo`yicha 365, 2425 sutkaga teng; 4) Oy yili. 12 oy oyiga (sinodik oyga) teng. O`rta hisobda 354, 367 sutkaga teng. Bu hijriy yil.