YODGOR MIRZO

YODGOR MIRZO, Mirzo Yodgor Muhammad ibn Mirzo Sulton Muhammad ibn Mirzo Boysung’ur ibn Mu’inuddin Shoxrux ibn Temur (1449-70) — Sulton Abu Said qatl etilgach, oqqo’yunli davlati hukmdori uzun Hasannnng yordami bilan Xuroson taxtini egallagan (1468). Ikki yil hukmdorlik qilgach, 1470 yil Sulton Husayn Boyqaro bilan bo’lgan jangda halok bo’lgan.