YONG’INDAN SAQLANISH TADBIRLARI

YONG’INDAN SAQLANISH TADBIRLARI — yong’inning oldini olish va tarqalishiga yo’l qo’ymaslik tadbirlari majmui. Sanoat va fuqarolar ob’ektlarini loyihalash va qurishda bu tadbirlar ko’zda tutiladi, ob’yektlardan foydalanish davrida ularga rioya qilinadi. Texnologik qurilmalar va elektr uskunalar tizimining yong’inga nisbatan xavfsizligini ta’minlash; o’tga chidamli qurilmalarni tanlash, suv bilan ta’minlash yo’llarini qurish; bino yoki inshootlarning bir qismidan qo’shni qismiga yong’in tarqalishiga yo’l qo’ymaslik uchun yong’inga qarshi devor (brandmauer)lar, yonmaydigan yopma va pardalar qurish ishlari Yong’indan saqlanish tadbirlariga kiradi. Yong’inga qarshi devorlar qurish mumkin bo’lmagan hollarda yong’inga qarshi zonalar, ya’ni binoning o’tga chidamli materiallardan qurilgan va sektsiyalarga ajratilgan uchastkalari hosil qilinadi. Paxta sanoati korxonalari yong’inga qarshi kurash qoidalariga rioya qilgan holda shamolning aksariyat yo’nalishi bo’yicha turar joy rnlaridan keyin quriladi. Paxta omborlari va boshqa katta inshootlar shamolning aksariyat yo’nalishi ularning diagonali bo’yicha o’tadigan qilib quriladi va bu yo’nalish bo’yicha avval yong’in chiqish xavfi ko’proq bo’lgan ob’yektlar, keyin uchqun chiqish xavfi bo’lgan binolar joylashtiriladi. Paxta omborlari yoki buntlari orasida yoki ular bilan boshqa binolar orasida yong’in yetib bormaydigan darajada masofa qoldiriladi. Masalan, paxta omborlari orasi 30 metrdan, paxta buntlari orasi 20 metrdan kam bo’lmasligi kerak. Sanoat korxonalari xrolilarida moyli lattaputtalar yig’ishtirilib, alohida ajratilgan joylarda saqlanishi lozim. Yong’in chiqqanligini va uning o’chog’ini aniklash uchun yong’in signalizatsiyasi vositalari (yong’in bildirgichlari, aloqa liniyalari va boshqalar) o’rnatiladi. Zamonaviy binolar yong’inga qarshi avtomatik (drencherli yoki sprinklerli) tizimlar bilan jihozlanadi. Bunda binoning shiplariga o’rnatilgan datchiklar xona ichidagi temperatura keskin ko’tarilganda yoki tutun kontsentratsiyasi ko’payganda signal beradi va suv yoki gazli o’t o’chirish tizimini ishga tushiradi. Ko’pgina samolyot va kemalar ham ana shunday tizimlar bilan jihozlanadi. Yong’in ko’pincha kishilarning beparvoligi va ehtiyotsizligi oqibatida, masalan, yongan xavfsizligi yoki xavfsizlik texnikasiga rioya qilinmaganda, gaz plitalari yoqiq holda, elektr qizdirish asboblari ulangan holda qarovsiz qoldirilishi oqibatida kelib chiqadi. Korxona va idoralarning ichiga o’t o’chirgichlar, o’t o’chirish shlanglari, hovlilarida o’t o’chirishga tegishli anjomlar saqlanadigan shchitlar o’rnatiladi. Yong’indan saqlanish tadbirlari va o’t o’chirish bilan bogliq masalalar bilan maxsus tashkilot (yong’in muhofazasi tashkiloti) shug’ullanadi.