YORIQ SUVLARI
YORIQ SUVLARI — intruziv, metamorfik, cho’kindi va vulkan tog’jinslari yoriqlarida to’plangan erkin (gravitatsion) yer osti suvlari. Asosan qor, yomg’ir, ba’zan, oqar suvlarning yig’ilishidan paydo bo’ladi. Yoriq suvlarining quyidagi turlari farq qilinadi: tektonik yoriqlar bilan bog’liq yoriqtomirli (ko’pincha bosimli) suvlar, yoriqligrunt (bosimsiz) suvlar, ayniqsa nurash darzliklari bilan bog’liq; yoriq qatlamli (odatda bosimli) — suv o’tkazmaydigan jinslar bilan qatqatlashgan kam metamorflashgan suv o’tkazuvchan jinslarning litogenetik yoriqlarida to’planadi; yoriqlikarst suvlari — bosimli va bosimsiz bo’ladi. Yoriq suvlari ko’pincha biri ikkinchisi bilan bog’liq, ularning dinamik sharoiti murakkab, minerallashganligi va kimyoviy tarkibi turlicha. Yoriq suvlarining haroratlanishi filtrasiyaning cho’ziqli qonuni asosida bo’ladi. Yoriq suvlari ayniqsa qalqonlarda (Ukraina qalqoni), shuningdek, platforma va tog’lik rnlarda tarqalgan. Yoriq suvlaridan xo’jalikni va sanoat korxonalarini texnik suv bilan ta’minlashda foydalaniladi. Minerallashgan Yoriq suvlari tibbiyotda ishlatiladi. Yoriq suvlarining konchilik inshootlarida ko’payib ketishi foydali qazilmalarni kavlab olishni ancha qiyinlashtiradi.