YOYSIMON PARDA
YOYSIMON PARDA (iris), rangdor parda — ko’z soqqasi tomirli pardasining old qismi; kipriyush tanadan boshlanadi. Rangdor parda oldinda qorachiq teshigida tugaydi, uning oldingi yuzasi ko’z soqqasining oldingi bo’shlig’iga, orqa yuzasi ko’z gavhari bo’shlig’iga qaragan. Yoysimon parda rangli bo’lib, muguz (shox) parda orqali ko’rinib turadi. Parda tarkibidagi pigmentlar mikdoriga qarab ko’z har xil rangli (qora, jigarrang, ko’k va hokazo) bo’lib tovlanadi, pigment bo’lmagan rangdor parda qizil bo’lib ko’rinadi. Ko’z qorachig’i qirralarida aylanasiga joylashgan muskul qisqarib, qorachiqni toraytirsa, uzunasiga joylashgan muskul kengaytiradi. Yoysimon pardaning orqasida tiniq, ikki tomoni qavariq linza — ko’z gavhari bor.