Yozning issiq kunlarida jonimizga oro kirayotgan konditsionerlar qanday paydo bo’lgan?

Qadimda rimliklar va forslar sovutish uchun suv quvurlari va shamol minoralaridan foydalanganlar.

19-asrda esa doktor Jon Gorri shifoxona xonalarini sovutish uchun muz va havo sirkulyatsiyasi bilan tajriba o’tkazdi.

Nihoyat, 1902-yilga kelib Uillis Karrer bosmaxonada namlikni nazorat qilish uchun birinchi zamonaviy konditsionerni ishlab chiqdi. Uning tizimi havoni sovutish va namlantirish uchun sovutilgan rulonlardan foydalangan

1915-yilda Karrer «Carrier Engineering Corporation» kompaniyasiga asos solgan va tez orada butun AQSh bo’ylab uning konditsioner tizimlari teatrlar hamda univermaglarda qo’llanila boshlandi. 50-yillarga kelib esa oddiy aholining ko’p qismida uy uchun konditsionerlar mavjud edi.

Rasmda zamonaviy konditsioner tizimini ixtiro qilgan va insoniyatni iqlim nazoratini amalga oshirishida o’zining ulkan hissasini qo’shgan Uillis Karer.