YUGAN

YUGAN — chorvachilik anjomi. Aravaga qo’shiladigan va salt miniladigan harakatdagi hayvonlar (ot, tuya, xachir, eshak) ni boshqarish maqsadlarida qo’llaniladi. Tasmali tizgin bilan hayvonlar boshiga kiydiriladi. Yugan xom teri, pishiq va yumshoq charm, brezent va boshqalardan hayvon turi va bosh o’lchamlariga moslab, ba’zan (ayniqsa, otlarga) bo’rtma naqshli bezaklar bilan tayyorlanadi.