Yulduzlarning yorqinligi qanday farqlanadi?

Yulduzlarning yorqinligi qanday farqlanadi?

Yulduzlarning yorqinligi-Osmonga boqqanimizda, biz yulduzlarni bir-biridan unchalik farqlay olmaymiz. Faqat ayrimlari kattaroq va boshqalariga nisbatan yorqinroq ko’rinadi, xolos. Aslida esa ular bir-biridan keskin farq qiladi, ular o’rtasidagi tafovut nihoyatda kattadir.

Agar yulduzlarni spektlariga ko’ra guruhlarga ajratadigan bo’lsak, ko’kdan tortib qizilgacha bo’lgan yulduzlar qatori vujudga keladi.

Ko’k yulduzlar eng issiq va yorqindir. Ular yuzasidagi temperatura Tselsiy shkalasi bo’yicha 400 000 darajani tashkil etadi. Quyosh yuzasidagi temperatura esa Tselsiy shkalasi bo’yicha, taxminan, 6000 darajadir. Eng sovuq yulduzlar qizil tusda bo’ladi. Ularning temperaturasi – Tselsiy shkalasi bo’yicha 2500 daraja atrofida, ularning yorug’ligi ko’k, oq yoki sariq yulduzlarniki singari yorqin emas. Shuningdek, ko’plab butunlay o’ziga xos yulduzlar ham bor: ular sirasiga qora o’pqon deb atalmish neyron yulduzlarni va hokazolarni kiritish mumkin. Qora o’pqonlar mutlaqo o’zidan yorug’lik chiqarmaydi. Yulduzlarni yorqinligiga qarab bir-biridan ajratish uchun qadimgi yunon olimi Gipparx muomalaga kiritgan yulduz kattaligi degan tushuncha bor. Aynan yorqin nur taratuvchi yulduzlar bir xil kattalikka mansubdir. Birinchi kattalikdagi yulduzlar eng yorqin yulduzlar hisoblanadi. Ular ikkinchi kattalikdagi yulduzlardan 2,5 barobar, ikkinchi kattalikdagi yulduzlar esa uchinchi kattalikdagi yulduzlardan 2,5 barobar yorqinroqdir va hokazo. Oddiy ko’z bilan 1-6 kattalikdagi yulduzlarni ko’rish mumkin, lekin ularning miqdori yulduzlarning jami miqdori bilan taqqoslaganda, juda ozdir. Shuni ham unutmaslik kerakki, yulduz kattaligi yoki ko’z ilg’aydigan yulduz kattaligi ularning yorqinligini ham, haqiqiy o’lchamlarini ham bildirmaydi, aksincha, ularni Yerdan kuzatayotgan odam ko’z o’ngidagi yorqinlikni anglatadi, xolos.

Yulduzlar yorqinligi

Nega Yulduzlar o’zidan yorug’lik chiqaradi?