YUQORI TEMPERATURALAR

YUQORI TEMPERATURALAR — tor ma’noda — xona temperaturasi (300 K) dan yuqori temperaturalar; bunga erishish uchun qandaydir qizdirish usulidan foydalaniladi. Metall o’tkazgichlarni elektr toki bilan bir necha ming kelvingacha, alanga yordamida esa 5000 kilogammcha qizdirish mumkin, gazlardagi elektr razryadi paytida o’nlab mingdan millionlab K gacha, lazer nuri yordamida esa bir necha million K. gacha temperaturaga erishiladi, termoyadro reaktsiyalari zonasida temperatura ~107 —108 k gacha yetadi, neytron yulduzlari hosil bo’layotgan paytda ularning qa’ridagi temperatura 10″ K gacha boradi. Koinot rivojlanishining boshlang’ich bosqichlarida modda bundan ham yuqori temperaturaga ega bo’lgan bo’lishi mumkin; keng ma’noda — biror xarakterli temperatura (masalan, qaynash temperaturasi) dan yuqori qiymatli temperaturalar; bunda modda xossalari sifat jihatdan o’zgaradi. Masalan, har bir modda uchun o’ziga xos yuqori temperaturalardan past trada kvant effektlari ro’y bermaydi. Erish temperaturasi moddaning qattiq va suyuq holatlarini bir-biridan ajratib turadi. Kritik temperaturadan yuqorida suyuq holat bo’lmaydi.