YUSUF O’TAGAN O’G’LI

YUSUF O’TAGAN O’G’LI (1915 Sherobod tumani Xo’jaypul qishlog’i — 1993) — dostonchi. Sherobod dostonchilik maktabi vakili. Mardonaqul Avliyoqul o’g’lining shogirdi. Baxshilar oilasida tug’ilgan. Yoshligidan terma va dostonlardan parchalar ayta boshlagan, 20 yoshlarida taniqli dostonchi bo’lib yetishgan. Yusuf o’tagan o’g’lidan «Shohniyoz podsho», «Nurali», «Sanam Gavhar», «Malla savdogar», «Shahidnoma» kabi dostonlar, bir qancha ertaklar va o’nlab termalar yozib olingan.