ZABOY

ZABOY (ruscha) — foydali qazilma boyliklari va qoplovchi jinslar qazib olinadigan ish joyi; kon inshootlari (shurf, shtolnya va Burgi kovagi) ning eng pastki yuzasi, masalan, burg’i kovagining tubi. Kon ishlari natijasida 3. surilishi mumkin. Ishlar olib borilayotgan 3. ishlab turgan va, aksincha, ishlar to’xtatilgan 3. ishlamayotgan 3. deyiladi. Shaxta va konlarda 3. gorizontal (yotiq), vertikal (tik) va qiya, ochiq konlarda Zaboy yonlama va frontal (old tarafda) bo’ladi. Zaboyning maydoni foydalanish maqsadiga qarab 5 santimetr kvadratdan bir necha 100 metr kvadratgacha boradi. Zaboydagi ishlar tayyorlash va tozalash ishlariga bo’linadi. Tayyorlash ishlarida hamma kon inshootlari foydali qazilmalarni qazib olish uchun ma’lum tizim asosida tayyorlanadi. Tayyorlash ishlari foydali kazilmalarning joylashish qonuniyatlari, qalinligi va boshqa fizik xossalarini aniqlashga yordam beradi. Foydali qazilmalarni qazib olish uchun o’tkaziladigan barcha ishlar yig’indisi tozalash ishlariga kiradi; 2) quduqlar burg’ilashda burg’ilash asboblari bilan kovlab borishda quduqning o’yiladigan yon sirti.