ZARBANDTOG’
ZARBANDTOG’ — Nurota tog’ sistemasidagi Oqtog’ning yon tizmasi, Oqtepasoydan g’arbda. Uzunligi 10 kilometr, eng baland joyi Zarband qishlog’i yaqinida (1280 metr). Zarbantog’ paleozoy yotqiziqlari, asosan, slaneslardan tarkib topgan, relyefi asosan tekis. Tipik va to’q bo’z tuproq keng tarqalgan. Efemer va efemeroid o’simliklar o’sadi. Zarbantog’dan xo’jaliqda yaylov sifatida foydalaniladi.