Zardushtiylik, Zoroastrizm

Zardushtiylik, Zoroastrizm-miloddan avvalgi VII-VI asrlarda vujudga kelgan din. Asoschisi-Zardusht. So’nggi tadqiqot xulosalariga qaraganda, O’rta Osiyo, xusunsan, Xorazm Zardushtiylik vatani bo’lgan. O’rta Osiyo, Eron, Afg’oniston, Ozarbayjon hamda Yaqin va O’rta Sharqning bir necha mamlakatlarida tarqalgan. Qadimgi paxlaviy tilida “Zardusht” so’zi “Magupta” deb atalgan. Paxlaviy tilidagi yodgorliklarni arab tiliga tarjima qilgan olimlar uni “majus” shaklida qo’llagan. Natijada o’rta asrlardan beri Zardusht “majus”, Zardushtiylik esa “majusiylik” sifatida qo’llanib kelingan. Zardushtiylikda “majusiylik” sifatida qo’llanib kelingan. Zardushtiylikda “otash” va “quyosh” tangri Ahuramazdaning o’g’li deb hisoblangan. “Nur, “otash” Zardushtiylikning ramzi, timsolidir. Zardushtiylikda Ahuramazda oliy xudo hisoblangani uchun, Zardushtiylik mazdaizm yoki mazdaiylik deb ham atalgan. Zardushtiylik ta’limoti uning muqaddas kitobi – “Avesto”da bayon etilgan. Zardushtiylik ta’limoti dunyodagi hamma tartiblar yaxshilik va yomonlik, yorug’lik va qorong’ulik, hayot va o’lim o’rtasidagi kurashga bog’liq deb tushuntiradi. Olamdagi hamma yaxshiliklarni Ahuramazda, yomonliklarni Anxramaynu ifodalaydi. Anxramaynu Ahuramazdaga qarshi kurashadi, lekin uni yengishga ojizlik qiladi. Zardushtiylikning axloqiy ta’limoti “ezgu fikr”, “ezgu so’z” va “ezgu amal”dan iborat muqaddas uchlik (axloqiy triada)da o’z ifodasini topgan. Zardushtiylik murdani tuproqqa ko’mish yoki kuydirishni taqiqlaydi. Bu din jonning o’lmasligini, uning abadiyligini tan oladi, jannat va do’zaxni ham e’tirof etadi. Otashkada zardushtiylarning ibodatxonasi hisoblanadi. Zardushtiylik ruhoniylari alohida tabaqa sifatida ajratilib, ularga maxsus imtiyozlar berilgan. Zardushtiylik arshakiylar va sosoniylar podshohligi davrida hukmron dinga aylangan. Zardushtiylik 13 asr davomida ajam mamlakatlarida asosiy din bo’lib kelgan.