ZAXCHAXONA TIZMASI

ZAXCHAXONA TIZMASI – Qashqadaryo viloyatining shimoli sharqidagi tizma. Hisor tizma tog’larining shimoliy g’arbiy tarmoqlaridan biri. Eng baland joyi 3818 metr. Asosan, Sharq va Janubga yo’nalgan. Janub, Janubiy g’arbiy yon bag’irlari ancha tik. Suvayirg’ich qismi yalang’och, o’tkir qirrali. Eng baland joylarida doimiy qor va kichikroq muzliklar mavjud. Silur va devon davrlarining metamorflashgan ohaktoshlari, slaneslar, magmatik va metamorfik cho’kindi jinslar qatlamlaridan tashkil topgan. Zaxchaxona tizmasidan Oqsuv, To’rtko’ylak va b. daryolar boshlanadi. Buloq ko’p. Yon bag’irlarida och tusli qo’ng’ir tuproqlar tarqalgan. Yuqori qismidagi yon bag’irlari yaylov sifatida foydalaniladi.