ZELENIY MIS

ZELENIY MIS (yashil burun) Gruziyaning Ajariya Muxtor Respublikasidagi iqlim va dengiz bo’yi kurorti. Batumidan shimoli sharqda. Davolash vositalari: quyosh va havo vannalari, dengizda cho’milish (may oyidan noyabrgacha). Nafas organlari, kamqonlik kasalliklari davolanadi. Sanatoriylar, dam olish uylari, pansionatlar bor. Dunyodagi yirik botanika bog’laridan biri Zeleniy mis hududida (tropik va subtropik o’simliklarning nodir turlari bor).