ZIRH PO’LATI

ZIRH PO’LATI — harbiy mashinalar va ob’yektlarni himoya qilish uchun ishlatiladigan po’lat. Legirlangan po’lat jumlasiga kiradi. Tarkibida 2,5% gacha xrom, 3% gacha nikel, 0,6% gacha molibden, 0,2% gacha vanadiy, 1,5% gacha marganes va 2% gacha kremniy bo’ladi. Harbiy ob’yektlar uchun ko’pincha 20-200 millimetr qalinlikdagi prokatlangan, prokatlangan bolg’alangan yoki quyma plitalar ko’rinishidagi Zirh po’latidan foydalaniladi. Zirh po’lati texnika maqsadlarida, masalan, elektr kabellarini turli zarblardan himoya qilish uchun ham ishlatiladi.