Ziyovuddin Mansurov (1954)
Ziyovuddin Mansurov 1954 yilda Namangan viloyati Uychi tumani Mashad qishlog‘ida tavvallud topgan. 1975 yilda Namangan Davlat pedagogika instituti (hozirgi NamDU)ning o‘zbek filologiyasi fakul’tetini tugallab, dastlab o‘rta maktabda o‘qituvchi, keyinchalik Uychi tumanidagi Mashad qishloq fuqarolar yig‘ini raisi, Beruniy nomli jamoa xo‘jaligi boshqaruvi raisi, Uychi tumani hokimining o‘rinbosari, O‘zXDP Uychi tuman kengashining birinchi kotibi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Namangan viloyat bo‘limi mas’ul kotibi, Namangan viloyat Ma’naviyat va Ma’rifat Kengashi mas’ul kotibi – Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi Namangan viloyat bo‘lim rahbari lavozimlarida ishladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. Uning “Qalbim parchalari”, “Hayrat saltanati”, “Dilrabolar diyori”, “Muhabbat bog‘i”, “Noyob kashfiyot”, “Xo‘rozqand” (bolalar uchun), “To‘tiyo” singari she’riy kitoblari, “Shaxmat qa’ridagi hikmatlar”, “Istiqlolnoma”, “Onaginam, onajonginam” nomli dostonlari chop etilgan.