ZOHIDON

ZOHIDON — Eronning Janubi- sharqidagi shahar. Seyiston va Balujiston ostonining ma’muriy markazi. Aholisi qariyb 420 ming kishi (1997). Temir yo’l orqali Pokistonning temir yo’l tarmoqlariga tutashgan. Zohidondan Mashhad va Kermon shaharlari orqali Tehronga va Ho’rmuz qo’ltig’idagi Bandar-Abbos portiga avtomobil yo’li o’tgan. Aeroport bor. To’qimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Bodom va quritilgan mevalar bilan savdo qilinadi. O’simlik moyi ishlab chiqariladi. Gilam to’qiladi.