ZOHIR
ZOHIR (Zoyir) Axmad (1947.6.4, Afg’oniston, Lag’mon viloyati — 1980.6.4, Kobul) — afg’on xonandasi, bastakor va shoir, afg’on musiqiy estradasi asoschilaridan. Ijodiy faoliyati asosan Afg’oniston davlat radiosi bilan bog’liq bo’lgan (1961-80). Musiqa uslubida Sharq (ayniqsa, Hindiston) va Yevropa estrada musiqa yo’nalishlari o’ziga xos tarzda uyg’unlashib ketgan. Shu jumladan, Zohir o’zining ansambli tarkibida hind an’anaviy sozlaridan setor, tanpura, sarud, tabla, Yevropa sozlaridan truba, gitara va elektron klavishli cholg’ularni mohirona qo’llagan. Bastakor sifatida 100 dan ortiq qo’shiq yaratgan. Zohirning Dilrabo asarlari o’zbek san’atkorlari ijodiga ham katta ta’sir etgan. X. Lutfullayev, B. Hamdamov, Sh. Jo’rayev, N. Abdullayeva, H. Isroilova, S. Qoziyeva, M. Sattorova, U. Otajonov va boshqalar. Zohir qo’shiqlari («Layli, Layli, Laylijon», «Kajake», «Boz omadi», «Mara, Mara, may bideh», «Yorakiman», «Guli Sangam» va boshqalar) ni o’ziga xos uslubda ijro etganlar.