AFALINA, qora delfin (Tursiops trunsotus) — kitsimonlar turkumi delfinlar oilasining bir turi. Uzunligi 3,9 metr, og’irligi 280 kilogrammgacha; xdanasining orqa tomoni qora, qorin tomoni oq. Mo’tadil va iliq suvli dengizlarda tarqalgan. Qora, Boltiq va uzoq Sharq dengizlarida ham yashaydi. O’troq hayot kechiradi yoki kichik tuda bo’lib ko’chib yuradi. Baliqlar, mollyuskalar va boshqa suv hayvonlari bilan oziqlanadi. Homiladorlik davri 11 oy, tug’ilgan bolasining uzunligi 1-1,2 metr, og’irligi 14-16 kilogramm, 5-6 oy emizadi. Afalina okeanariumlarda boqiladi, qo’lga tez o’rganadi, tutqinlikda ham ko’payaveradi. Uni turli harakatlarni bajarishga oson o’rgatish mumkin. Gavay okeanariumida Afalina bilan taroqtishli delfin (Steno bredanensis) chatishtirilib urug’lararo gibrid olingan. Yaponiya delfinariyalarida Afalinaning kulrang delfin va kasatkalar bilan gibridlari olingan. Qora dengiz Afalinasi muhofaza qilinadi, uni ovlash 1966 yildan boshlab man etilgan.