AFANAK PULI — Xiva xonligida qazuvga chiqish to’g’risidagi e’lonni biron bir qishloqdagi dehqonlarga yetkazgani uchun xabarchining qazuvchilardan o’z foydasiga yig’ib oladigan xabar puli. Xabarchi, qoidaga ko’ra, har bir qazuvchidan ikki kumush tanga (30 tiyin) dan yig’ib olgan. Ad.: G’ulomov Ya. F., Xorazmning sug’orilish tarixi. Qadim zamonlardan hozirgacha, T., 1959.