AFANASEVA ZINAIDA IVANOVNA

AFANASEVA ZINAIDA IVANOVNA (1907.26.9, Sankt-Peterburg – 1975.8.8, Toshkent) — balet o’qituvchisi. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1955). 1919-25 yillarda Leningrad xoreografiya bilim yurtida, shuningdek uning pedagoglar tayyorlaydigan bo’limida o’qigan. 1942-46 yillarda Yangiyo’l o’zbek musiqali teatrida baletmeyster-pedagog. Afanaseva Navoiy nomidagi opera va balet teatrida mumtoz raqsdan dars berdi (1946-53). Toshkent davlat xoreografiya bilim yurtining tashkilotchilaridan (1947) va badiiy rahbari (1948— 68). O’zbekistonda balet san’atini rivojlantirish, mumtoz raqs ustalarini tayyorlashga katta hissa qo’shgan.