AHRORIY, Xo’ja Ahroriy – xalq selektsiyasida yaratilgan ertapishar o’rik navi. Daraxti kuchli o’sadi, keng shoxshabbali, shoxlanishi o’rtacha, bargi yirik, siyrak tukli va uchli. Guli o’rtacha, oq. Mevasi yirik (40— 45 gramm), och sariq, qizil, ba’zan zarg’aldoq, eti qalin, sershira (12,3% ga qadar qand, 0,8% kislota bor), eti danagidan yaxshi ajralmaydi. Mag’zi shirin. Sho’rlangan va yer osti suvlari yuzaroq joylarda ham o’sadi. Sovuqqa chidamli. Ko’chati ekilganidan keyin 5-6 – yili hosilga kiradi. 20— 25 yoshida 60-70 kilogramm meva beradi. Mevasi iyunning o’rtalarida pishadi va tez to’kilib ketadi. Ho’lligida iste’mol etiladi.