San’atga astoydil mehr qo’yib, unga hayotini baxshida etgan va yuksak mahorat cho’qqilarini egallagan har bir san’at kishisi – u musiqachi bo’ladimi, rejissyor, rassom yoki yozuvchi bo’ladimi, u haqda ba’zan “Qanday ajoyib, ilhombaxsh artist!” — degan ibora ishlatiladi. Lekin ko’pincha “artist” so’zi (lotincha “ars” — “san’at”) aktyorlarga nisbatan ishlatiladi. Artist pyesa yoki filmlardagi turli qahramonlar qiyofasiga kirib, ular hayoti bilan yashashni, ular nomidan harakat qilishni biladi. U o’zi yaratayotgan qahramon tovushi bilan gapira oladi, unga o’xshab yura oladi. Bugun artist zamondoshimiz obrazini yaratm oqda, uning quvonch va qiyinchiliklari, tashvishi va yutuqlari bilan yashamoqda. Ertaga esa u – o’rta asr ritsari yoki ertaklardagi qirol bo’lishi mumkin. Har oqshom artist o’zi yaratayotgan qahramon taqdiri tomoshabinlarni hayajonga solishi, unga ishonishlari uchun ko’p mehnat qiladi. Talaygina tarixiy kitoblarni o’qiydi, doimiy ravishda odamlarni kuzatib yurib, ularning qiyofasi, xatti harakati, xulq-atvoridagi o’ziga xos belgilarni o’rganib oladi. Bularning hammasi sahnada kerak bo’ladi. Axir artist o’zi tasvirlayotgan kishi haqida hamma-hamma narsani bilishi zarur: u kishi kirn, nimani istaydiy-yu va o’z maqsadiga erishish uchun nimalar qiladi. Shundagina artist butun pyesani va uning asosiy g’oyasini yaxshi anglaydi. Artist hayot oqimini sezgirlik bilan ilg’ab olishi, hamisha haqiqatni izlashi, haqsizlik bilan kurashishi lozim. Aktyor – jamoat arbobi, u tomoshabinlarni o’z ortidan yetaklaydi, ularni tarbiyalaydi, to’g’ri yo’lni tanlab olishlariga yordam beradi. Artist xalq bilan uzviy bog’langan. U o’z iste’dodi va mahoratini xalqqa bag’ishlaydi. Xalq ham uni yuksak qadrlaydi. Bizning eng yaxshi aktyorlarimiz, qo’shiqchilar va rejissyorlarimizga “O’zbekiston xalq artisti” faxriy unvoni berilishi bejiz emas. Grim, kiyim va dekoratsiyalar artistga o’z qahramonini yanada yaxshiroq ko’rsatishga, tomoshabinlarda xursandchilik va quvonch, tashvish, achinish va nafrat kabi tuyg’ular uyg’otishiga yordam beradi.