O’simlikka o’xshash hayvonlar suvda, issiq tropik dengizlarda yashaydi. Siz ularni akvariumlarda ko’rishingiz mumkin. Bu hayvonlarning nomi sizni chalkashtirib yuboradi, shu bois ularni odatda o’simliklar deb atashadi. Bular suv anemonlari (ayiqtovon gullilar oilasiga mansub), suv binafshalari va suv kartoshkagullaridir. Ularning hammasi g’ayritabiiy ravishda tiniq rangli. Haqiqatan ham, agar siz sinchkovlik bilan nazar solsangiz, ular orasida o’xshashlik borligini payqab olasiz. Ammo suv anemoni hamisha hayvon sanalgan va shunday bo’lib qoladi. Ularning hammasi hayvonlarning «jo’n» yoki «sodda» guruhiga kiradi. Ular o’ljani o’ziga jalb qilish uchun atay yorqin gullaydi. Qanchalik chiroyli bo’lmasin, ularga teginmaganingiz ma’qul. Ularning bo’rtib turgan joyi zaharlidir. Bu g’ayritabiiy hayvonlar odatda yirtqich bo’ladi. Ular tiniq rangli paypaslagichlari bilan boshqa hayvonlarni tutib, oziqlanadilar. Bu paypaslagichlar zaharli bo’lib, ular o’ljasiga nayzasini sanchib oladi yoki falaj qilib qo’yadi, so’ng hayvonning markaziy qismiga tortib olinadi. Markaziy qism deganimiz uning ham og’zi va qornidir. Ayrim hayvonlar, masalan, suv daraxtlari va suv gulzorlari bir-biriga shu qadar o’xshash o’simliklarki, ular o’ljasini o’ljasi bilgunga qadar qo’lga tushirishlari mumkin.

AMIR TEMUR O’G’LINING O’LIMI HAQIDA RIVOYAT-QISSA

Inson terisi har 27 kunda to’liq yangilanadi

Lasos balig’i miya faoliyati uchun o’ta foydalidir

Bodring og’izdagi hidni ketkazishda katta yordamchi hisoblanadi

Kola va Pepsi tanaga suv emas, balki kislota bo’lib kiradi

Bir kechaning o’zidayoq burun bitishini yo’q qilishning oddiy usul bor

Nonushta vaznni nazorat qilishga yordam beradi

Olimlarning aytishicha, qahvaga qo’shilgan shakar miya faoliyati uchun kuchli rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi

Agar urg’ochi tulki vafot etsa, erkak tulki o’ziga boshqa juft qidirmaydi
