Yer sharining ko’pgina joylarida odamlar asrlar bo’yi bilqillama qumloqlardan qo’rqib yashagan. Ular, domiga tushib qolganlarni o’z qa’riga tortib ketish qudratiga ega, degan qarash hukm surib kelgan. Aslida, bilqillama qumloqning bunday xususiyati yo’q. Agar uning o’zi nima ekani va unga borib qolgan odam o’zini qanday tutishi kerakligini bilib olsak, qumloq bizga hech qanday zarar yetkazmaydi. Shunday qilib, bilqillama qumloq yoki suyuq qumloq nima? U tarkibida suv ko’p bo’lgan rangi ochiq, yumshoq qumdir. U ko’rinishidan yonidagi oddiy qumdan mutlaqo farq qilmaydi. Ammo amalda ular o’rtasida farq bor: suyuq qumloq og’ir narsalarni ko’tara olmaydi. Odatda, suyuq qumloqlar katta daryolarning quyulish joyi va qiya qirg’oqlarda uchraydi. Ularning ostida yerga namlikni o’tkazmaydigan yopishqoq va zich loy qatlami bo’ladi. Shuning uchun ham yomg’ir yoki daryo suvi o’sha yerda yig’ilib qoladi. Noto’g’ri va uchlari o’tkir oddiy qumlardan farqli o’laroq, suyuq qumloq qumlari yumaloq shaklda bo’ladi. Ularning ostidagi suv qumni suyultiradi, qum zarralari esa yuzaga suzib chiqadi. Shuning uchun ham bunday qumloqlar og’ir narsalarni ko’tara olmaydi. Suyuq qumloq deyayotganimiz qumloq bo’lmasligi ham mumkin. Buning uchun har qanday yumshoq tuproq, qum va loyqa aralashmasi yoki loyqa bilan mayda shag’al aralashmasi kifoya qiladi. Suyuq qumloqqa tushib qolgan odamlar, umuman, unga cho’kib ketmaydi. Unda suyuqlik ko’pligi tufayli suvdagiday bemalol suzish mumkin. Bilqillama qumloq suvdan zichroq bo’lgani uchun suzish osonroq kechadi. Bunday joyga tushib qolganda, juda sekin harakat qilish kerak. Bu qumning tanangiz yonidan oqib o’tib ketishiga imkon beradi. Bunday holda o’z hayotingiz uchun xavfsirashingizga hech qanday asos qolmaydi.

Inson terisi har 27 kunda to’liq yangilanadi

Lasos balig’i miya faoliyati uchun o’ta foydalidir

Bodring og’izdagi hidni ketkazishda katta yordamchi hisoblanadi

Kola va Pepsi tanaga suv emas, balki kislota bo’lib kiradi

Bir kechaning o’zidayoq burun bitishini yo’q qilishning oddiy usul bor

Nonushta vaznni nazorat qilishga yordam beradi

Olimlarning aytishicha, qahvaga qo’shilgan shakar miya faoliyati uchun kuchli rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi

Agar urg’ochi tulki vafot etsa, erkak tulki o’ziga boshqa juft qidirmaydi

Agar organizimingizga bir oy davomida shakar kirmasa nima bo’ladi?
