Balki bulutning hayvon ekaniga ishonmassiz! U hayvonot olamining eng g’aroyib vakillaridan biri bo’lib, hayvondan ko’ra o’simlikka ko’proq o’xshab ketadi. Bulutlarning besh mingdan oshiq turi mavjud. Ular har xil, yashil, malla, sariq, qizil va pushti rangdan tortib oq ranggacha bo’lishi mumkin. Ular ko’rinishidan buklama yelpig’ich, gumbaz, shar va voronkasimon og’izga o’xshaydi. Ayrim bulutlar daraxtlar singari shox-shabba chiqaradi. Boshqa birlari suvosti qoyalari, yirik chig’anoqlar va daraxtlar bo’laklari sirtiga yassi bulut matosi solganday yastanib yotadi. Ayrimlari juda mayda bo’lib, uzunligi ikki santimetrga ham yetmaydi. Boshqalari, aksincha, yirik: balandligi yoki eni bir metrgacha keladi. Voyaga yetgan bulutlar bir joydan ikkinchi joyga aslo ko’chib yurmaydi. Bulut hayvon bo’lishiga qaramay, siz teginsangiz ham hech narsa payqamaydi. Bulutning na boshi, na og’zi bor. Uning na ko’zi, na qulog’i, na boshqa bir sezgi a’zosi bor. Va yana bulutlar yurak, oshqozon, mushak va asab sistemasiga ega emas. Agar tirik bulutni ikkiga ajratib kessangiz, teshik yoki u uchidan bu uchiga teshilgan shilliq massani ko’rasiz. Ayni hollar uning hayvon emasligiga ishontirmaydimi? Shunday ekan, siz uning hayvon ekanligini aniqlash maqsadida hatto olimlar nima uchun uzoq vaqt bosh qotirganini tushungan bo’lsangiz kerak. Xo’sh, bulutni nimasi bilan hayvonlar qatoriga qo’shish mumkin? Albattaki, uning oziqlanishi bilan! Bulut o’z ovqatini tutib yeydi. U yashil o’simliklar kabi o’ziga o’zi ozuqa hozirlamaydi, aksincha, atrofidagi suvda o’sadigan va yashaydigan mayda o’simlik va hayvonlar bilan oziqlanadi. U bunga qanday qilib erishadi? Bulutsimon devorlar suvdan mayda o’simlik va hayvonlarni tutib qoladigan g’alvir yoki filtrni eslatadi. Doim harakatlanadigan, kichkina, qilsimon oyoqlari yordamida bulut tanasidan suv o’tib turadi. Qilsimon hujayralar ovqatni tutib qoladi. Qilsimon oyoqlari poyida yopishqoq qoplama mavjud va ovqat shu yerga ilashadi. Ovqatning ma’lum bir qismi shu yerda hazm bo’ladi, qolgan «sayohatchi» qismi bulut hujayrasi orqali boshqa a’zolariga tarqaladi.

Inson terisi har 27 kunda to’liq yangilanadi

Lasos balig’i miya faoliyati uchun o’ta foydalidir

Bodring og’izdagi hidni ketkazishda katta yordamchi hisoblanadi

Kola va Pepsi tanaga suv emas, balki kislota bo’lib kiradi

Bir kechaning o’zidayoq burun bitishini yo’q qilishning oddiy usul bor

Nonushta vaznni nazorat qilishga yordam beradi

Olimlarning aytishicha, qahvaga qo’shilgan shakar miya faoliyati uchun kuchli rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi

Agar urg’ochi tulki vafot etsa, erkak tulki o’ziga boshqa juft qidirmaydi

Agar organizimingizga bir oy davomida shakar kirmasa nima bo’ladi?
