Agar siz biror gal dengizda bo’lib, to’lqinqaytargich g’ovlar, yumaloq katta toshlar, himoya devorlari yonidan yurgan bo’lsangiz, chig’anoqyopishqoqlarni ko’rgan bo’lsangiz kerak. To’lqinqaytargich g’ovlar va yumaloq katta toshlarda siz ko’rgan ana shu «qatlam» millionlab chig’anoqyopishqoqlardan tarkib topgan. Chig’anoq yopishqoq oddiy kichkina mollyuskadir. Ular paydo bo’lganida erkin suzib yuradilar. Voyaga yetganlarida ular ko’chib yurmasdan istalgan munosib qatlamga yopishib qoladi va ko’chib yurish qobiliyatini butkul yo’qotadi. Ular yopirilgan holda birikish xususiyatiga ega, bu inson uchun tashvishlanarlidir. Masalan, mazkur chig’anoqlar kema korpusida qatlam hosil etsa, kemalar o’z tezligini ikki marta kamaytiradi! Katta kemalar hali paydo bo’lmagan qadim zamonlarda ularga chig’anoqlar jiddiy xavf solardi, kema boshqaruvini qiyinlashtirar hatto ushlab qolardi va bandarga belgilangan vaqtda yetib kelishini kechiktirardi. Karib dengizida suzib yurgan qaroqchilar kemalarini sohilga olib chiqib, chig’anoqlardan tozalashga majbur bo’lardilar. Kit ovlovchilar o’tgan zamonlarda ikki yillik suzishlardan so’ng kemalariga o’rnashib qolgan chig’anoqlar ta’siridan juda mashaqqat tortib qaytishardi. Hatto shu kunlarda ham dunyo kemachiligi chig’anoqlar tufayli juda katta zarar ko’rmoqda, ular vaqt behuda yo’qolishiga va dvigatel qismlarining tez eskirishiga olib kelmoqda. Chig’anoq-yopishqoqlarning ko’p turi mavjud, ular orasida yog’och va metalni emas, balki qoyani afzal bilganlari ham bor. Yuqorida aytganimizdek, ular paydo bo’lgan payti krab yoki omarlarga o’xshab ketadi hamda harakat qiladi. Chig’anoq qandaydir narsaga ilashsa bormi, u o’sha yerda bir umr o’rnashib qoladi! Yopishib qolgan chig’anoqning chig’anog’i o’sishda davom etib, tanani butunlay o’rab oladi. Bu holda uning birdan-bir harakatlanadigan a’zosi paypaslagichlari va mo’ylovchalari bo’ladi. U olti juft paypaslagichlari yordamida harakatlanib, qandaydir dengiz kichik organizmlarini tutish va o’ziga tortib olish imkoniga egadir.

Hayvonlar insonlarga nisbatan ancha ko’p ranglarni ko’ra oladi

Spirtli ichimliklardan bir oyga voz kechish jigar faoliyatini sezilarli darajada yaxshilaydi

Ananas sharbati balg’amni parchalash uchun ajoyib vosita

Asabiylashganda tinchlanishning o’zgacha usuli bor

Ochofatlik – salomatlikning jiddiy dushmanidir

Go’sht iste’mol qilishni to’xtatish inson salomatligi uchun juda foydali

Snikers shokoladi nomi, konditer Frenk Marsga tegishli bo’lgan sevimli ot nomiga qo’yilgan

Tushingizda pastga qulayotganingizni his qilsangiz, bilingki, o’sha paytda miyangiz siz hali tirik ekaningizga ishonch hosil qilmoqda

Spirtli ichimliklar inson miyasida yolg’on o’ylab topish jarayonini qiyinlashtiradi
