Bu savolga javob berish qiyin. Aksariyat hollarda bu savolga, daraxt qancha yashay olsa, shuncha yashaydi, deb javob beriladi. Darhaqiqat, ko’pincha daraxtlar kesilishi yoki tashqi muhitning ta’siri oqibatida yoshini yashay olmaydi. Aslida turli daraxtlar turlicha yashaydi. Eman bir yarim-ikki ming yil, oq qayin va qarag’ay 250 yilgacha yashashi mumkin. Hozirgi sharoitda insonning yordamisiz daraxtlar o’z tabiiy yoshini yashashi qiyin. Shuning uchun ham ekologlar bir asrdan oshiq yashab qo’ygan eman, oq qayin va jo’ka singari manzarali daraxtlarni saqlab qolish uchun o’z sa’y-harakatlarini ayamaydi. Shimoliy Amerikada ko’plab ko’hna daraxtlar saqlanib qolgan. U yerda uch ming yildan oshiq umr ko’rgan ulkan sekvoyya daraxtlarini ham ko’rish mumkin. Daraxtning yoshi bir joyda ko’kargani yoki inson ko’chirib o’tqazgani bilan ham bog’liq. Tabiiy holda o’sadigan daraxtlar inson niholni parvarishlab, keyinchalik ko’chirishi natijasida ko’karadigan daraxtlardan ancha uzoq yashaydi. Bu jo’ka, eman va Oq qayinga hamda qarag’ay, tilog’och va qoraqarag’ayning ayrim turlariga tegishli. Ular shaharlardagi bog’larga o’rmondan ko’chirib o’tqaziladi. Bugungi kunda shaharlarda boshqa yurtlardan keltirilgan sekvoyya va Duglas qarag’ayi singari daraxtlar ham ko’kartiriladi. Ular juda uzun va mahobatli daraxtlardir. Ammo bu daraxtlarning tuproqdan namlikni shimib olishi juda qiyin. Bundan tashqari, bu daraxtlar qishki shamollarga ham unchalik moslashmagan. Shuning uchun ham ular 40 — 50 yildan oshiq yashamaydi.

Sfinkter, qisib turuvchi halqasimon mushak nima degani

Sivorotka, zardob nima degani

Sivorotki immunniye, immun zardoblar nima degani

Tembr, tovush sifati nima degani

Taxikardiya nima degani

Tanatofobiya nima degani

Tampon, pilik nima degani

Taktilniy gallyutsinoz nima degani

Sip, toshma nima degani
