Dengiz toshbaqalari bir joyda muhim yashamaydi. Har mavsum qirg’oqqa chiqib, tuxum qo’yishdan oldin urg’ochi dengiz toshbaqalari albatta issiq joyini tashlab, boshi oqqan tomonga suzib ketadi. Goho fahat o’zlariga tanish bo’lgan orollarni izlab minglab kilometr masofa bosadi. Ularning sayohati, albatta, maqsadsiz emas. Dengiz toshbaqalari qachonlardir o’zlari dunyoga kelgan joyda tuxum qo’yadilar. Masalan, Braziliya qirg’oqlarida yashovchi toshbaqalar tuxum hqo’yish uchun 2 250 kilometr yo’l bosib, Vozneseniya orollariga borishi kerak. Biologlar hozirga qadar toshbaqalarning o’z vatanlarini, aynan o’zlarining tug’ilgan joylarini qanday topishini aniq tushuntirib berolmaydilar. Uzoq vaqt Atlantika okeanida yashovchi ridleylarning qayerda ko’payishi muammo bo’lib keldi. Keyin, har holda, topishdi. Atlantika okeanida yashaydigan ridleylarning hammasi tuxum qo’yish uchun Meksikaning Rancho-Nuevo degan joyi yaqiniga, 90 milya uzunlikdagi tanho plyajga yig’ilishi ma’lum bo’ldi. Mahalliy odamlar minglab toshbaqalarning bir vaqtda dengizdan chiqib kelishi, tuxum qo’yish uchun chuqurcha kavlashidek mutlaqo g’aroyib manzaraning guvohi bo’lishadi. Keyin ularning o’rniga boshqalari keladi. Bir necha oy o’tgandan keyin jajji toshbaqalar paydo bo’ladi, qirg’oq beo’xshov va betartib jonivorlarning bij-bij qaynashidan tebranayotgandek tuyuladi.

Gilos mevalar ichida eng kam kaloriyali ne’matlardan biri hisoblanadi

Inson tanasidagi qon tomirlarining umumiy uzunligi taxminan to’qson olti ming kilometrni tashkil qiladi

Uy hayvonlari ham odamlar kabi depressiyaga tushishi mumkin

Yer yong’oq — teringiz uchun tabiiy doridir

Ko’p yig’laydiganlarning ko’zlari sog’lomroq bo’ladi

Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda eshitish qobiliyati kattalarga nisbatan ancha o’tkir bo’ladi

Bolajonlarga gadjetlarning zarari haqida bilasizmi?

Ishonchli inson bo’lib ko’rinish uchun nima qilish kerakligini bilasizmi?

Yelkanli baliq dunyo okeanidagi eng tez baliqdir
