Ham yerda, ham suvda yashagan toshbaqalarning eng yirigi arxelondir, afsuski u bugunga qadar yetib kelmagan. U mezozoy davrida yashagan, uzunligi 3,05 metr bo’lgan. Burungi zamonlardagi toshbaqa go’shti shinavandalari arxelon toshbaqasining boshiga yetgan. Mavjud toshbaqalarning eng yirigi terili dengiz toshbaqasidir. Uning og’irligi 544 kilogramm, zirhining uzunligi egri holatda 183 santimetr, panjalari uchlari o’rtasidagi kenglik 274 santimetr (toshbaqa zirhini aynan shunday o’lchashadi). Terili dengiz toshbaqasini yangi Zelandiya sohillarida, shuningdek, Atlantika, tinch va Hind okeani kengliklarida uchratish mumkin. U boshqa dengiz toshbaqalari singari tez suza olmaydi, lekin kosasini hech qachon suv o’tlari va chig’anoqlar bosmaydi. Buning sababi quyidagicha: siypaganingizda yog’li tuyulgan terisi antibiotikka o’xshash modda ajratib chiqaradi. Bu ulkan toshbaqa suvda tanker kabi suzadi, quruqlikda esa shalviragan va notovon bo’lib qoladi. Sohildan uzoqlashgan paytlarda, suv o’tlari orasida qolib ketib, suvgacha yetib borolmasligi mumkin. Terili dengiz toshbaqasidan kichikrog’i loggerxed deb ataladigan yashil dengiz toshbahasidir. U 220 kilogramm tosh bosadi. Undan keyingi o’rinlarda Atlantika va Tinch okeani ridleylari, shuningdek Bissa toshbaqalari turadi. Quruqlikda yashab, shu kunlarga yetib kelgan eng yirik toshbaqa Galapagos fil toshbaqasidir. U terili dengiz toshbaqasidan kichikroq, vazni 254 kilogrammga yetadi, uzunligi esa egri holatda 1,7 metrni tashkil etadi. Quruqlikda yashaydigan eng kichik toshbaqa Madagaskarda yashaydigan o’rgimchak toshbaqadir.
Sho’rtoblar nimani anglatishini bilasizmi
Sho’r I nimani anglatishini bilasizmi
Shlang nimani anglatishini bilasizmi
Shuvoq (Ermon) nimani anglatishini bilasizmi
Shchit nimani anglatishini bilasizmi
Shvits qoramol zoti nimani anglatishini bilasizmi
Sho’r yerlar melioratsiyasi nimani anglatishini bilasizmi
Cho’chqaboqar nimani anglatishini bilasizmi
Cho’pon-cho’liq nimani anglatishini bilasizmi

