Daryoning ko’l yoki dengizga quyilish joyi etak deb ataladi. Keng bir shoxobchali etak esa estuariy deb ataladi. Etak turli qum va loyqa cho’qindilari bilan to’silib qoladi va daryo oqimini turli shoxobchalarga bo’lib tashlaydi. Bunday etak delta deb ataladi. Agar daryo dengizga quyiladigan bo’lsa, uning etagi shakli dengiz suvining ko’tarilishi hamda daryo suvi oqimi sur’atiga bog’liq bo’ladi. Nilning O’rta yer dengizidagi deltasida, qumli sayozliklarga qaramasdan, botqoqlik hosil bo’lmagan. Rona daryosi esa o’z etagiga shu qadar ko’p loyqa olib kelganki, bir zamonlar avliyo Lyudovik o’z salib yurishlarini boshlagan sobiq Eg Mort porti — bandargohi bugungi kunda etak dengizga yo’lni yopib qo’ygan va tekislikdagi shaharga aylangan. Janubiy Amerikadagi Amazonka daryosining suvi shu qadar ko’pki, hatto uning etagidan yuz kilometrlab narida ham sho’r suvni uchratmaysiz. Xuanxe (Xitoy) daryosi oqizib keladigan loyqa esa suvni sariq rangga bo’yaydi. Shuning uchun ham daryo — sariq daryo deb ataladi.

Afsonak nimani anglatishini bilasizmi

Aerozolli sug’orish nimani anglatishini bilasizmi

Aerenxima nimani anglatishini bilasizmi

Aborigen hayvonlar nimani anglatishini bilasizmi

Aday ot zoti nimani anglatishini bilasizmi

Abssess nimani anglatishini bilasizmi

Adabtatsiya nimani anglatishini bilasizmi

Absorbsiya nimani anglatishini bilasizmi

Aborigen g’o’za nimani anglatishini bilasizmi
