Ilonlar reptiliyalarga mansub, hamma reptiliyalar singari ularning terisi tangachali va quruh bo’ladi. Kaltakesaklar, alligatorlar, timsohlar, dengiz va quruqlik toshbaqalari ilonlar oilasiga mansubdir. Dunyoda ilonlarning 2000 dan ziyod turi bo’lib, ular: qutblar va ayrim orollardan tashqari yerda ham, yerostida ham, daraxtlar ustida va suvda ham, xullas, sayyoramizning har bir burchagida yashaydi. Ilgariroq aytganimizdek, ilonlarning oyog’i bo’lmaydi (piton va ko’zoynakli ilonlarning orha oyoqlari hqoldiqlari saqlanib qolgan), harakatlanishiga esa qornida o’rnashgan lappaklari (yoki tangachalari) yordam beradi. Ular anchagina keng, ilon bu lappaklarni shunday harakatga soladiki, ular yer ustidagi qandaydir g’adir-budurliklarga tiralib suriladi. Bir necha lappaklari bilan bir vaqtda surilar ekan, ilon harakatga tushadi. Barcha ilonlar, yoshi ham, qarisi ham, vaqti-vaqti bilan tullaydi. Hatto ko’zini qoplab turgan yupqa parda ham yangisi bilan almashinadi. Tullash jarayonida ilon terisi teskarisiga ag’dariladi. Ilon po’stini qandaydir gadir-budurlik yoki toshga ishqab tashlaydi. Ilonlar bir yilda bir necha marta tullaydi.

Inson terisi har 27 kunda to’liq yangilanadi

Lasos balig’i miya faoliyati uchun o’ta foydalidir

Bodring og’izdagi hidni ketkazishda katta yordamchi hisoblanadi

Kola va Pepsi tanaga suv emas, balki kislota bo’lib kiradi

Bir kechaning o’zidayoq burun bitishini yo’q qilishning oddiy usul bor

Nonushta vaznni nazorat qilishga yordam beradi

Olimlarning aytishicha, qahvaga qo’shilgan shakar miya faoliyati uchun kuchli rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi

Agar urg’ochi tulki vafot etsa, erkak tulki o’ziga boshqa juft qidirmaydi

Agar organizimingizga bir oy davomida shakar kirmasa nima bo’ladi?
