Kolumb dengiz kengliklarini kezib yurgan paytlarda suvdan otilib chiqib, kemani cho’ktiradigan yoki dengizchini okean tubiga tortib ketadigan qo’li uzun bahaybat maxluqlar haqidagi tarixni eshitish mumkin edi. Bunday hikoyalar mubolag’aga asoslangan. Bunday bahaybat maxluqlar hech qachon uchramagan, dengizchilar bizningcha, o’shanda ulkan sakkizoyoq yoki kalmarlarni ko’rgan bo’lsa ajab emas. Bu ikki maxluq ham mollyuskalarning boshoyoqlilar guruhiga kiradi, chunki ularning oyog’i paypaslagich qo’llariga o’xshash bo’lib, boshi atrofidan o’sib chiqqan va cho’zinchoqdir. Haqiqiy kalmarning qotma tanasi atrofida uchburchak cho’ziq suzgichlari, to’rtburchak kichkina boshida o’tkir ko’zi va o’nta paypaslagichi bor. Paypaslagichlarining tagida mustahkam, qattiq doirachali bir nechta so’rg’ichlari joylashgan. Mo’ylovsimon qo’llarining ikkitasi boshqalariga nisbatan uzun va egiluvchandir. «Qo’lga» o’xshash so’rg’ichlari paypaslagichlari uchida joylashgan. Kalmar ikkita uzun paypaslagichidan o’z o’ljasini ushlash uchun foydalanadi. Qolgan sakkiztasi ovqatni og’ziga olib borish, shuningdek, paypaslagichlardan tarkib topgan doira markazidagi og’iz atrofida joylashgan qattiq jag’lari bilan kavshayotganda uni ushlab turish vazifasini o’taydi. Mantiyasi ich-ichida kemirchaksimon lappak joylashgan, bu chig’anoq qoldig’idir. Kalmar, ehtimol, unga qachonlardir ega bo’lgan. Kalmarlarning turi ko’p, ulardan biri bahaybat kalmar bo’lib, umurtqasizlarning yer yuzidagi eng yirik vakilidir. Shimoliy Atlantikadan tutilgan kalmarlarning ayrim turlari (cho’zilgan paypaslagichlari bilan) 16 metrga yetadi. Bahaybat kalmarlarning boshqa guruhining uzunligi ikki metrgacha bo’ladi. Kalmar sakkizoyoq va sepiyalar singari atrofidagi suvni loyqalatish uchun siyohsimon suyuqlik chiqaradi. Bir guruh kalmarlar fosforessentsiyalash, ya’ni nur tarqatish xususiyatiga ega. Nur tarqatuvchi a’zolari mantiyasida, paypaslagichlarida, mantiyaning ichki qismida va ko’z atrofida o’rnashgan. Ular kechasi juda chiroyli ko’rinadi. «Uchuvchi» deb ataladigan kalmar suv sathida uchish qobiliyatiga ega.

Inson terisi har 27 kunda to’liq yangilanadi

Lasos balig’i miya faoliyati uchun o’ta foydalidir

Bodring og’izdagi hidni ketkazishda katta yordamchi hisoblanadi

Kola va Pepsi tanaga suv emas, balki kislota bo’lib kiradi

Bir kechaning o’zidayoq burun bitishini yo’q qilishning oddiy usul bor

Nonushta vaznni nazorat qilishga yordam beradi

Olimlarning aytishicha, qahvaga qo’shilgan shakar miya faoliyati uchun kuchli rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi

Agar urg’ochi tulki vafot etsa, erkak tulki o’ziga boshqa juft qidirmaydi

Agar organizimingizga bir oy davomida shakar kirmasa nima bo’ladi?
