Agar kaltakesak dumi dushman changaliga yoki tishiga tushib qolsa, u dumidan ayriladi. Bunday qobiliyat himoya reaksiyasi deyiladi. Eski a’zo o’rniga yangisini o’stirish qobiliyati regeneratsiya (tiklanish) deyiladi. Kaltakesaklar o’z dushmanlari, asosan qush va yirtqichlardan shu tarihqa qutula olish qobiliyatiga ega. Shu bois hech qachon uning dumidan ushlab tutishga urinmang! Dumidan ajralish kaltakesak uchun og’ir albatta, chunki u dumi yordamida kenglikda muvozanat saqlaydi. Yangi dum esa juda sekin o’sadi. Regeneratsiya jarayoni muayyan darajada boshqa hayvonlarga ham xosdir. Masalan, dengiz yulduzi krab yoki omar uzib olgan nurini qayta tiklay oladi. Shunisi ajablanarliki, zararlangan nur uzilib tushgandan keyin ham birmuncha vaqt chambarak bo’la oladi va sudraladi. Nima uchun shunday bo’ladi? Qonda kislorod saqlanib qolar ekan, mushaklar va asab sistemasi ishlashda davom etadi. Bu o’ziga xoslikda jon bor. Tabiatda hech narsa behuda bo’lmaydi. Ammo bu nima uchun kerak? Uzilgan dumning harakatlanishi himoyalanishning o’ziga xos usulidir. Yirtqichning xayoli bo’linadi, u o’ljasi qayoqqa ketayotganidan sarosimaga tushib qoladi va uni ko’rish uchun to’xtashga majbur bo’ladi. To’xtab qolish kaltakesakning qochib ketishi uchun kifoya qiladi. U dumsiz qolsa-da, o’z hayotining yana bir kunini ana shu tariqa g’alaba bilan o’tkazadi! Kuchlilar hamisha ham chaqqonlar ustidan g’alaba qozonavermaydi!
Fevral burjua-demokratik revolyutsiyasi davrida Samarqand
Birinchi jahon imperialistik urushi yillarida Samarqand

Kulish soatiga 120 kaloriyagacha yoqishi mumkin ekan

Qovoq sharbati tabiiy uxlatuvchi vosita hisoblanadi

Ko’k rang ishlash va o’qish istagini uyg’otadi

Qora shokolad tarkibidagi antioksidant moddalar miqdori ko’k choyga nisbatan ko’proq

Sovuq insonning fikrlash qobiliyatini oshirar ekan
Samarqandda XIV asr oxiri va XV asr arxitekturasi

Aslida, tamakidan tashqari ayrim sabzavotlarda ham nikotin moddasi uchraydi
