Kambalalarning deyarli barchasi noyob taom hisoblanadi. Yevropa paltusi esa benihoya mazali baliqlardan biri. Kambalalar oilasiga mansub baliqlarning eng yirigi oqish paltusdir. Bu baliqning jigari tarkibida boy A vitamini, shuningdek, B vitaminining mavjudligi ma’lum bo’lgach, paltusning atay iziga tushdilar, aynan uni tutish uchun maxsus kemalar qurildi. Ovlab tutiladigan kambalalar orasida Yevropa qirg’oqlarida yashaydigan kambala alohida o’rin tutadi. Bu baliq o’ziga xos rangi, qizil xoli bilan keskin ajralib turadi. 500 turdan oshiq kambalalarga katta fletan, oddiy paltus, yalpoq va qiyshiqog’izlar ham mansubdir. Ularning hammasi blin (quymoqsimon xamir ovqat) ga o’xshash yassi tanali bo’lib, chuqurlikda yotishi yoki bir yonboshi bilan suza oladi, ayni chog’da ularning har ikki ko’zi tepada, boshqa yonboshida o’rnashgan bo’ladi. Qadim zamonlarda kambalalar suzmagan va yonbosh bo’lib yotmagan. Ular mo’tadil holatda harakat qilganlar, pirovardida ular dushmanlariga oppo-oson o’lja tushganlar. Qirilib ketmaslik uchun ular suza boshlaganlar va yonboshida yotishga o’rganganlar, ming yillar o’tib, bugungi qiyofasiga ega bo’lganlar. Ammo yana bir muammo tug’ilgan. Yonbosh bo’lib yotganda, bitta ko’zi ifloslikda qolib ketadi, og’zi esa ovqat yeyishiga noo’ng’ay bo’lib qoladi. Shu sababli bu baliqlar pastki ko’zini atrofni ko’rishi uchun teskari ag’darishga urinishgan. Yillar o’tishi bilan ko’z boshining tepa qismiga chiqqan. Hozirgi paytda kambalalar mana shunday bosqichdan o’tmaydi, deb o’ylash xato bo’ladi. Dunyoga kelgach, u o’z hayoti davomida rivojlanishning hamma bosqichini o’taydi — uning ko’zi haqiqatan ham boshining u tomonidan bu tomoniga o’tib, oxir-oqibatda yuqori qismida o’rnashib qoladi!

Inson terisi har 27 kunda to’liq yangilanadi

Lasos balig’i miya faoliyati uchun o’ta foydalidir

Bodring og’izdagi hidni ketkazishda katta yordamchi hisoblanadi

Kola va Pepsi tanaga suv emas, balki kislota bo’lib kiradi

Bir kechaning o’zidayoq burun bitishini yo’q qilishning oddiy usul bor

Nonushta vaznni nazorat qilishga yordam beradi

Olimlarning aytishicha, qahvaga qo’shilgan shakar miya faoliyati uchun kuchli rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi

Agar urg’ochi tulki vafot etsa, erkak tulki o’ziga boshqa juft qidirmaydi

Agar organizimingizga bir oy davomida shakar kirmasa nima bo’ladi?
