Har qanday bog’cha yoki maysazorga ko’rk beradigan kapalakgulni kim bilmaydi deysiz! Shunga qaramay uning yana bir oti bor: farangi binafsha! Bu ko’p yillik, kichkina o’simlikning bo’yi 10 — 40 santimetr bo’lib, pahmoq, g’oyat go’zal binafsha, sariq, oq tusdagi gultojbarglari mavjud. Kapalakgul apreldan to kech kuzga qadar gullaydi va bizga o’z latofati bilan zavq bag’ishlaydi. Bu nozik, ipaksimon gultojbarglarda juda kup dorivor moddalar borligini bilasizmi? Olimlar kapalakgulda A va S vitaminlari, glikozid, efir yog’i, tanin mavjudligini aniqlashgan. Aytgancha, bular yaqin orada aniqlangan bo’lsa-da, tibbiyotda farangi binafsha yuzlab yillardan buyon ishlatiladi. Uning poyasidan tayyorlangan dorilar shamollashga qarshi juda katta samara beradi, ko’pgina, masalan, teri kasalliklariga shifobaxsh. Agar teriga toshma, sachratqi toshgan bo’lsa, kattalarga ham, bolalarga ham gultojbarglar qaynatmasi aralashtirilgan vanna qabul qilish tavsiya etiladi. Uy kosmetikasida kapalakguldan damlama, kompress va maska holida foydalaniladi. Alqissa, gulzor yaratmoqqa kirishsangiz, go’zal farangi binafsha ekishni unutmang, bu gulzoringizga betakror tarovat, lozim bo’lganda dori sifatida yordam beradi.

Kislorod nimadan tashkil topgan?

Sigirlar zinadan tusha oladimi?

Sharpalar oroli haqida bilasizmi?

Dumsiz mushuklar haqida bilasizmi?

Futbol hakami oʻziga qizil kartochka bera oladimi?

Jek — temiryoʻl signalchisi boʻlib ishlagan maymun haqida bilasizmi?

Hurishni bilmaydigan it haqida bilasizmi?

Nega baʼzi hayvonlar qishki uyquga ketishini bilasizmi?

Nega xoʻroz ertalab qichqiradi?
