Duch kelgan narsani teshib tashlaydigan bu mitti zararli kapalakni bilmaydigan odam dunyoda topilmasa kerak. Kuyani yo’q qilish maqsadida odamlar nimalarni o’ylab topishmayapti: har xil zaharli moddalarni va taxir o’tlarni narsalar ichiga qo’yishyapti, ammo bularning hammasi bir pul bo’lmoqda! U esa uchgani uchgan. Bittasini o’ldirsang, qayerdandir ikkinchisi paydo bo’ladi. Uchadigan kuya unchalik ko’p zarar keltirmaydi, ammo uning qurtlari dahshatli, kiyim-kechaklarni dabdala qilib tashlaydi. Kuya ovqatdan hazar qilmaydi, duch kelgan narsa: jun kostyum va paypoqlar, mo’yna po’stin va gilamlar, dag’al qildan ishlangan narsalarni va hatto tiqinlarni kemirib tashlaydi, deb hisoblashadi. Biroq kuya unchalik ham farqiga bormaydiganlardan emas. Ularning har birining o’z ta’m sezgisi va o’z «tanlagan ovqatlari» bor. Kuyalar o’lchami va tusidan tashqari turli narsalarni yeyishi bilan ham farqlanadilar. Masalan, po’stin kuyasi gilamni yemaydi. Kuya birgina uylarda yashamaydi va uydagi narsalarni yeb qolmaydi. Nuqul o’simliklarni yeydigan va yeganda ham qatorasiga emas, faqat o’ziga yoqqanlarini tanlab yeydigan bir turi bor. Masalan, olma kuyasi bor, terak, siren, karam va yana bir talay kuyalar mavjud. Tabiatda ham uydagi hol yuz beradi. Don kuyasi qurti, faraz etaylik, faqat donni yeydi va hech hachon smorodina mevasi yoki kurtagini yemaydi, ayni paytda ular smorodina kuyasi uchun rostakamiga tansiq taomdir.
Avtomobil haydovchiligi uchun test savollari
Haydovchilik yo’nalishida testlar
YouTube monetizatsiyasi O’zbekistonda: qachon ishga tushadi va hozir qanday pul topish mumkin?
Sun’iy yo’ldosh interneti nima? Qanday ishlaydi va O’zbekistonda qachon bo’ladi?
NFC nima? Kontaktsiz to’lov qanday ishlaydi?
Google Pay O’zbekistonda: qanday ishlaydi va qanday ulanadi?
«Biror kun boshlayman» – miyaning sizga qo’ygan tuzog’i
Baland gapirgan odam zaifmi? Ovozini ko‘targan inson aslida nimani yashiradi?
Ayollar (an’anaviy) ansambllari-madaniyatda

