LEVINA TATYANA BORISOVNA

LEVINA TATYANA BORISOVNA (1965.4.9, Andijon) — baydarkachi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi (1985), «O’zbekiston iftixori» (2003). Baydarkaning yakkalik, juftlik va to’rttalik musobaqalarida O’zbekiston chempioni (1981, 1983-1986, 1992, 1993, 1995— 1999), spartakiada chempioni (1983, 1986, Moskva), Osiyo chempioni (1997, Sokchxo), Osiyo o’yinlari kumush (1994, Xirosima) va bronza (1998, Bangkok) medallari sovrindori, jahon kubogi g’olibi (2003, Zagreb). L. Andijon pedagogika institutini tugatgan (1989), «Burevestnik» sport jamiyati yo’riqchisi (1983-1988), O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi jismoniy tarbiya va sport jamiyatida murabbiy-o’qituvchi (1988-1993), Markaziy harbiy sport klubida harbiy xizmatchi (1993-2004).

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.