«LE GRAND PLAZA»

«LE GRAND PLAZA» (Fransuzcha —- «Kattaplaza») — 4 yulduzli mehmonxona; Toshkent shahrida joylashgan. «Bahri investingo» kompaniyasi tomonidan zamonaviy me’moriy uslubda (temir-beton sinchli) qurilgan (1995, bosh me’mori R. To’xtaganov). Mehmonxona «Tata Projekte Limited» (1995 yildan), «Le Meridian» (1996 yildan), 2001 yildan «bumi Toshkent» deb atalgan. 2005 yildan hozirgi nomda. Mehmonxona tashqi ko’rinishi pog’onasimon piramida shaklida; 14 qavatli, 190 xonasi bor. Shundan 13 tasi 1 xonali lyuks, 5 tasi 2 xonali lyuks, 3 tasi 3 xonali lyuks, 1 ta prezident apartamentli xonalari mavjud. Bosh vestibyuli va qavatlarida dam oladigan joy (Xoll)lar, 2 ta restoran, 1 ta banket zali (400 o’rinli) va 2 ta konferentsiya zali (400 o’rinli), biznes markazi, sog’lomlashtirish majmuasi, ma’murlar xonalari, do’kon va ofislar, kechki klub, qahvaxona mavjud.