Ehtimol, siz qachonlardir mevalar yerga tushib, bir necha kun yotganidan so’ng chiriy boshlagach, qayerdandir mayda pashshalar uchib kelganini ko’rgan bo’lsangiz kerak. Ular qayerdan uchib keladi va bu qanday pashshalar o’zi? Meva pashshalarining ikki turi mavjud. O’rta yer dengizi meva pashshasi pushti va qora xolli xonadon pashshalariga o’xshab ketadi. Bu eng ko’p ziyon keltiradigan turlaridan biri. Bu turdagi pashshalar modasi tuxumini g’o’r meva va sabzavotlarga qo’yadi. Ular tuxumdan yorib chiqqanlarida meva mag’zini yeb kun kechiradilar. Butun hosil shu tariqa nobud bo’lishi mumkin. Uylarimiz atrofidagi chirigan mevalar ustida g’uj uchib yuruvchi jimit pashshalar drozofila deyiladi. U xavfsizdir. Modasi uchayotib chiriyotgan mevalarga qaraydi va o’z tuxumini faqat chiriy boshlagan mevalarga qo’yadi. Yangi paydo bo’lgan pashsha bolalari chiriyotgan hosilda shakllanadigan moddalar bilan oziqlanadi. Drozofila yoki jimit meva pashshasi fanga ma’lum foydali hasharotlardan biri bo’lib, u irsiyatni, ya’ni nasldan naslga o’tuvchi xususiyatlarni o’rganishda foydalaniladi. Bordiyu bu muammo odamlar misolida o’rganilsa, avlodning rivojlanishini kutishga to’g’ri kelar va bu uzoq vaqtni talab etardi. Masalan, 30 avlodni o’rganish uchun 500 yoki undan ko’proq yil sarflash kerak. Meva pashshalaridan 30 avlodni bir yil ichida o’rganish mumkin. Olimlar o’z tajribalarida drozofiladan mana shunday foydalanishadi. Pashshalar «Medium» deb ataladigan maxsus aralashmadan foydalanilgan holda laboratoriyalarda parvarishlanadi. Taxminan o’n kun ichida meva pashshalari dunyoga keladi va voyaga yetadi. O’ninchi kuni ular juftlashishga va yangi avlod yaratishga tayyor bo’ladilar. Pashshalar olimlarning xohishiga qarab, turli kombinatsiyalarda chatishtiriladi. Moda drozofilalar bir necha soat ichida minglab yangi pashshalar dunyoga kelishi uchun yetarlicha tuxum qo’yadi! Uni oddiy ko’z bilan va mikroskop ostida o’tkaziladigan jarrohlik operatsiyalari yordamida ham ko’rish mumkin. Bizning irsiyat haqidagi keng bilimlarimiz drozofila-pashshalarini o’rganishimiz natijasida olingan!

Aslida, tamakidan tashqari ayrim sabzavotlarda ham nikotin moddasi uchraydi

Ovqatni shoshilmasdan yaxshilab chaynab eyish tavsiya etiladi

Gulkaram ortiqcha vaznning dushmani, hazm tiziminig do’stidir

Orangutanlar tabiatdan soyabon topa oladiga maymunlardir

Aleksandriya – dunyoning ilk yirik kutubxonasi bo’lgan

Pingvinlar tabiatan komik aktyorga o’xshaydi

Bu faktlar haqida bilarmidingiz?

Hayvonlar insonlarga nisbatan ancha ko’p ranglarni ko’ra oladi

Spirtli ichimliklardan bir oyga voz kechish jigar faoliyatini sezilarli darajada yaxshilaydi
