Nur tushishi hamono o’zini panaga oladigan chuvalchangsimon mavjudotlarni ko’rish uchun qachonlardir yassitosh yoki chirigan yog’ochni ag’darib ko’rganmisiz? Ana shular mingoyoq bo’ladi. Tabiiyki, ularning oyog’i haqiqatan ham mingta yo mingta emasligini bilishga imkoniyatingiz yetmagan. Aslini aytsak, ayrimlarining oyog’i yuzdan oshiq, ba’zilariniki undan ham ko’proq bo’ladi. Ba’zilariniki esa bor-yo’g’i 30 ta chiqadi. Tabiatda biz o’ylagandan ko’ra ko’proq uchraydigan bu tirik mavjudotning shunchalik ko’p oyog’i bo’lishi bizni hayron qoldiradi. Hasharotlarning butun boshli bir guruhi «mingoyoq» deb ataladi. Aytgancha, ko’poyoqlilar qadimiy tirik mavjudotlardan sanaladi. Olimlarning fikricha, ular million yillardan buyon yashab kelmoqda. Ayni chog’da ko’plab odamlar ikki oyog’ida o’zini bir amallab eplab yursa, mingoyoqlar yuzlab oyog’i bylan o’zini hech bir mashaqqat tortmay boshqaradi. Ularning oyog’i juft-juft bo’lib joylashgan va har bir juft mingoyoq tanasidagi bo’g’imlardan tarkib topgan, yassi shakli segmentdan o’sadi. Mingoyoqlarning boshi ortida bo’g’imida ikkita uzun muylovi va ikkita zaharli ilmoq joylashgan. Aksariyat mingoyoqlarning zahri odam uchun xavfsizdir, ammo tropik mamlakatlarda uzunligi 20-25 santimetr keladiganlari uchraydiki, ular chaqqanda ancha xavf tug’diradi. Bunday mingoyoqlar mitti qushlarga qiron keltiradi. Mingoyoqlar tuxumini ochiq joylarga qo’yib ko’payadi. Ularning ayrimlari oyoqlari tugal holda dunyoga keladi. Boshqalari dastlab yetti juft oyoq bilan tug’iladi, qolgan oyoqlari mingoyoq voyaga yetgunga qadar tullash payti qo’shilib boraveradi. Mingoyoqlar kechasi ovqat izlab chiqishadi, kunduz kunlari toshlar yoki chirigan yog’ochlar tagida bekinib yotadi.

Amir Temur tanbehlari

Amir Temur maslahatlari

Amir Temur vasiyatlari

AMIR TEMUR O’G’LINING O’LIMI HAQIDA RIVOYAT-QISSA

Inson terisi har 27 kunda to’liq yangilanadi

Lasos balig’i miya faoliyati uchun o’ta foydalidir

Bodring og’izdagi hidni ketkazishda katta yordamchi hisoblanadi

Kola va Pepsi tanaga suv emas, balki kislota bo’lib kiradi

Bir kechaning o’zidayoq burun bitishini yo’q qilishning oddiy usul bor
