Yerda o’rgimchaklar ming yildan buyon yashaydi va ming yildan buyon ular g’ayrioddiy tolasidan to’r to’qiydi. Nima uchun odamlar o’rgimchaklarning hayratga solarli mahoratidan foydalanishmaydi va ularni o’zlari uchun ishlashga majbur etmaydi. Ma’lumki, o’rgimchak tolasidan gazlama tayyorlash tajribasi ancha oldin o’tkazilgan va juda yaxshi natijaga erishilgan. Bu gazlamalar benihoya bejirim bo’lganki, unga ipak qurti tolasidan to’qilgan gazlama sira bas kelolmaydi. O’rgimchak tolasi g’oyat nafis va yengil, bor-yo’g’i 340 gramm chiqadigan tolasi bilan yer sharini ekvator chizig’i bo’ylab bog’lash mumkin. Balki o’rgimchak tolasi tez uzilib ketar? Olimlar bunday tajribani ham o’tkazishgan, o’rgimchak tolasining mustahkamligini tadqiq etishgan. O’rgimchak tolasi tabiatdagi eng ingichka tolaligiga qaramay, u anchayin chidamli ham ekan. Bunga javob ham sodda: o’rgimchak gazlamasi oddiy ipakdan 12 — 14 marta qimmat. Ipak to’qiydigan o’rgimchaklarni boqish oson emas. Ular juda injiq va tutqunlikda tezda o’ladi. Uni nima bilan oziqlantirish mumkin, bu ham mushkul masala. O’rgimchaklar ochofot bo’ladi. Har kuni deyarli o’z og’irligi barobarida ovqat yeydi. Ba’zi bir chaqqonlari bir kecha-kunduzda besh yuzga yaqin hasharotni tutadi. 90 yil oldin o’rgimchak to’ridan dirijabl uchun parda tikishga urinib ko’rishgan, ammo gazmolning uzunligini besh metrdan oshirish imkoni bo’lmagan. Ba’zi bir maqsadlar uchun yengil va mustahkam o’rgimchak to’rlari yaroqlidir. Masalan, o’rgimchak tolalari optika va asbobsozlikda qo’llaniladi.

Kompyuter klaviaturasida hojatxona qopqog’iga nisbatan ko’proq bakteriyalar mavjud ekan

Na’matak – o’simliklar olamidagi haqiqiy C vitamini xazinasidir

Ehtimol, siz bilmassiz, lekin har bir qadam tashlaganingizda tanangizdagi taxminan 200 ta mushak ishlaydi
Samarqand shaharning suv bilan ta’minlanishi
Samarqandda XVII asrda va XIX asrning birinchi yarmida hunarmandchilik va savdo
Mustamlaka davrida Samarqand. Samarqandni qo’shib olish oqibatlari
Fevral burjua-demokratik revolyutsiyasi davrida Samarqand
Birinchi jahon imperialistik urushi yillarida Samarqand

Kulish soatiga 120 kaloriyagacha yoqishi mumkin ekan
