Hammaga ma’lumki, odamlar tomirida qizil qon oqadi, ko’k qon esa faqat ertaklardagi aslzodalarda bo’ladi. Buni qarangki, ko’k qon faqat ertaklarda bo’lib qolmas ekan. Tabiat o’rgimchak, chayon va krab (dengiz qisqichbaqalari) ni ko’k qonda yaratgan ekan. Ko’k qon oddiy qondan nimasi bilan farqlanadi? Oddiy qonga qizil rangni tarkibida protein aralash temir moddasi bo’lgan qizil pigment-gemoglobin beradi. Ko’k qonni gemoglobin emas, balki tarkibida mis bo’lgan ko’k modda — gemosianin ishlab chiqaradi. Ko’k qonning jumboqligi olimlarni anchadan beri qiziqtirib qo’ygan. Tabiat nima sababdan gemoglobinni gemosianinga almashtirib qo’ygan ekan? Tadqiqotlar ko’rsatishicha, o’rgimchaklar gemosianinsiz yashay olmaydi. Chunki ularning tanasida odamlarning butun tanasiga kislorod yuborib turadigan qizilqon tomirlari va ko’kqon tomirlari yo’q. Organizmni tomirlarsiz qanday qilib kislorod bilan ta’minlash mumkin? Bu vazifani o’zining murakkab tuzilishiga ega bo’lgan gemosianin bajaradi. U harakatlarni tartibga solib turuvchi regulyator kabi zarur miqdordagi kislorodni ajratib beradi. Ayni chog’da u tana haroratini tashqi sharoitga moslab turadi.
YouTube monetizatsiyasi O’zbekistonda: qachon ishga tushadi va hozir qanday pul topish mumkin?
Sun’iy yo’ldosh interneti nima? Qanday ishlaydi va O’zbekistonda qachon bo’ladi?
NFC nima? Kontaktsiz to’lov qanday ishlaydi?
Google Pay O’zbekistonda: qanday ishlaydi va qanday ulanadi?
«Biror kun boshlayman» – miyaning sizga qo’ygan tuzog’i
Baland gapirgan odam zaifmi? Ovozini ko‘targan inson aslida nimani yashiradi?
Ayollar (an’anaviy) ansambllari-madaniyatda
«Men sizsiz yashay olmayman» – shunaqa deyishganmi
Kuchli odam baland gapirmaydi. Nega?

