Nur sochuvchi baliqlar bo’ladimi?

Suv osti dunyosida ham go’zallikda tengi yo’q mavjudotlar, jannati baliqlar mavjud. Har xil tusli, chaqnoq baliqchalar dengiz tublarida, daryolarda g’aroyib tarzda nur sochib, suzib yuradi. Odatda, bunday baliqlar tiniq tabiatli tropik kengliklarda yashaydi. Suv benihoya tiniq bo’lgan paytlarda, marjon qoyalar atrofida suzib yurgan juda ko’p yarqiroq nuqta — baliqlarni ko’rish mumkin. Siam pahlavoni nur sochuvchi baliqlar sirasiga kiradi. Bu baliqni Tailand sohillarida uchratish mumkin. Mamlakat ahli — siamlar — bu baliqlar o’rtasida dahanaki jang uyushtiradilar. Hasharotlar va mayda dengiz qisqichbaqalari siam pahlavonlariga ovqat vazifasini o’taydi.