«Menikida mehmon bo’lmaysanmi?» deb so’radi o’rgimchak chivindan. Ayyor o’rgimchak juda aqlli, shunday emasmi? Biladiki, u to’r orasida chuvalashib qoladi, kechga borib mazza qilib ovqatlanadi. Yelimshak tola chivinlar uchun qopqon vazifasini o’tasa, xo’sh, o’rgimchaklarning nega o’zlari o’sha yerga o’ralib qolmaydi. Javob esa sizni hayratga soladi. Ayon bo’lishicha, o’ralib qolar ekan. O’rgimchak ham chivin kabi o’z to’riga juda oson tushib qolarkan. O’ralib qolmaydi deyishimizga sabab o’rgimchakning o’zini «uyi»da deb bilganimizda. U uyasini besh qo’lday biladi. O’rgimchak to’r to’qiyotganda, u keyinchalik tegib ketganida yopishib qolmasligi uchun bir nechta «xavfsiz» tolalar qiladi. O’rgimchak ajratib chiqaradigan tolalarning bir qancha turi bor. Shilimshiqlaridan o’ljani tutish uchun foydalaniladi. Ammo shilimshiq bo’lmaganlari ham borki, ular to’rga mustahkam to’sin vazifasini o’taydi. O’rgimchak ularning qaysi biri xavfli ekanini biladi va xavflilariga chapdastlik qiladi. Bunda unga qoyil qolarli his etish qobiliyati yordam beradi.
Ona tili 6 sinf uchun test savollari
Ona tilidan 5 sinf testlar
Avtomobil haydovchiligi uchun testlar to’plami
Avtomobil haydovchiligi uchun test savollari
Haydovchilik yo’nalishida testlar
YouTube monetizatsiyasi O’zbekistonda: qachon ishga tushadi va hozir qanday pul topish mumkin?
Sun’iy yo’ldosh interneti nima? Qanday ishlaydi va O’zbekistonda qachon bo’ladi?
NFC nima? Kontaktsiz to’lov qanday ishlaydi?
Google Pay O’zbekistonda: qanday ishlaydi va qanday ulanadi?

