O’simlik bitlari yashil va pushti rang hasharot bo’lib, uzinligi 6 millimetrdan oshmaydi. O’simlik bitlari juda tez rivojlanadi, agar ularni tabiatdagi dushmanlari yo’q qilmaganida, u yer yuzidagi barcha o’simlikni yakson etgan bo’lardi! O’simlik bitlarini o’simlik barglarida, poyasida va ildizlarida uchratish mumkin. Bu hasharotlar tez-tez mevali daraxtlar, gullar, sabzavot va donli ekinlarga talofat yetkazadi. Uning jimitday boshida g’ayrioddiy og’zi yoki xartumchasi bo’rtib turadi. Mana shu xartumchasini o’simlik biti yaproq yuziga sanchib, suvini so’rib oladi, natijada o’simlik so’liydi va bora-bora qovjirab quriydi. Taajjubli tomoni shundaki, o’simlik bitlari tanasi «shakarak» deyiladigan shirin suyuqlik ajratib chiqaradi, chumolilar esa bu suyuqlikni xush ko’radi. Chumolilar o’simlik bitlarini tutib olgach, fermer o’z sigirlariga g’amxo’rlik qilganday g’amxurlik ko’rsatadi. O’simlik bitini uyasiga olib kelgach, uni yetarli miqdorda o’simlik bilan ta’minlaydi va ehtiyot qiladi. Chumoli o’z «sigirini» sog’moqchi bo’lganda, u mo’ylovchalari bilan o’simlik bitining qorinchasini silaydi, qorincha chetlaridan zarradek shakarak ajralib chiqadi. Mana shu tomchilarni chumoli ichadi. Odam o’simlik bitlariga g’amxo’rlik qilishga ehtiyojmand emas, shu boisdan u bu hasharotlarni tezda kimyoviy mahsulotlar yordamida qirib tashlaydi.
Asov ot nimani anglatishini bilasizmi
Astraxan baktriani nimani anglatishini bilasizmi
Astragal nimani anglatishini bilasizmi
Assimilatsion va suruvchi yuzalarning ko’payish (o’sish) fazasi nimani anglatishini bilasizmi
Assimilatiya nimani anglatishini bilasizmi
Asov nimani anglatishini bilasizmi
Asosiy o’g’it nimani anglatishini bilasizmi
Asl nimani anglatishini bilasizmi
Askaniya qo’y zoti nimani anglatishini bilasizmi

