Suv qanday qilib ildiz orqali o’simlik tanasiga yetib keladi? Qanday qilib hazm bo’lgan ovqat ichakdan qon tomirlariga kelib tushadi? Vaholonki, na o’simliklar ildizida va na hayvonlar ichagida birorta ham teshik yo’q. Bunday jarayon «osmos» deb ataladi. Bir idishda ikki xil gaz bo’lsa, tezda aralashib ketadi. Suyuqliklar ham shunday. Masalan, bir tomchi siyoh bir litr suvga tomsa, suvning rangi bir oz o’zgaradi. Osmos chog’ida birikish jarayoni membranalar yoki o’simliklar po’stlog’ining yupqa devorchalari yoki ichak devori orqali ro’y beradi. Membranalar birikish jarayonini sustlashtiradi, ammo to’xtatib qo’ymaydi. Osmos chog’ida tirik organizmlarning membranalari ayrim moddalarni o’tkazishi bilan bir qatorda boshqalarini ushlab qoladi. Bu qisman moddalarning tuzilishiga bog’liq. Olimlarning fikricha, moddaning erigan zarralari membrananing molekulalari o’rtasidan o’tadi. Eritma zarralari membranaga tekkanida, uni bosadi va «osmos bosimi» hosil bo’ladi. Erigan moddaning zarralari ko’p bo’lgan tomonda osmos bosimi yuqoriroq bo’ladi va harakat bosim kuchli tomondan kuchsiz tomonga yo’naladi. Ammo harakat har ikkala yo’nalishda ham sodir bo’ladi, chunki membranalar moddalarni har ikkala tomonga o’tkazadi. Masalan, tanamizdagi qon tomir membranalari moddalarni har ikkala tomonga ham o’tkazadi. Shunday qilib, hazm bo’lgan ovqat qonga tushadi, uglerod ikki oksidi esa qondan o’pkalar orqali chiqib ketadi.

Inson terisi har 27 kunda to’liq yangilanadi

Lasos balig’i miya faoliyati uchun o’ta foydalidir

Bodring og’izdagi hidni ketkazishda katta yordamchi hisoblanadi

Kola va Pepsi tanaga suv emas, balki kislota bo’lib kiradi

Bir kechaning o’zidayoq burun bitishini yo’q qilishning oddiy usul bor

Nonushta vaznni nazorat qilishga yordam beradi

Olimlarning aytishicha, qahvaga qo’shilgan shakar miya faoliyati uchun kuchli rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi

Agar urg’ochi tulki vafot etsa, erkak tulki o’ziga boshqa juft qidirmaydi

Agar organizimingizga bir oy davomida shakar kirmasa nima bo’ladi?
